Tadbirni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish va jamoat birlashmalari masalari qo'mitasi raisi, Ijtimoiy sheriklik bo'yicha jamoat komissiyasi raisi D. Qurbaniyazov ochdi va olib bordi.
Loyihalar Ijtimoiy sheriklik bo'yicha jamoat komissiyasining a'zolari tomonidan ko'rib chiqilib, ularning mazmuni, asosiy maqsadlari, amalga oshirish mexanizmlari va kutilayotgan natijalari muhokama qilindi.
“Арал балықшысы” gazetasi tahririyatining “Sof tanada-sof aql!” nomli loyihasi, O'zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Qoraqalpog'iston bo'limining “G'amxo'rlik” nomli loyihasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi “Кеўил нуры” xotin-qizlar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo'llab-quvvatlash markazining “Oila byudjetini shakllantirishda xotin-qizlarning roli” nomli loyihasi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashining “Bizning imkoniyatimiz cheksiz!” nomli loyihasi g'olib, deb topildi.
Tadbirda tanlovlar g'oliblariga sertifikatlar topshirildi.
Minajatdin Qutlimuratov,
«Yangi O'zbekiston» muxbiri