Xabaringiz bor, davlat xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish, ular uchun mehnat munosabatlarida teng imkoniyatlar yaratilishini taʼminlash maqsadida @murojaat_argos_bot tizimi ishga tushirilgan edi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mazkur bot tizimi orqali davlat xizmatchilarining murojaatlariga javob bermoqda.
Avgust oyida @murojaat_argos_bot ga jami 311 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 50 foizini shikoyatlar, 24 foizini takliflar, 26 foizini esa arizalar tashkil qildi.
Shundan, 55 foiz murojaatga amaliy yordam va huquqiy koʻmak berildi, 29 foizi tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirildi, 16 foizi esa asos, soʻralgan hujjatlar koʻrsatilmaganligi sababli qaytarildi.
Agentlik davlat xizmatchilarida ariza, shikoyat va murojaatlar boʻlsa, @murojaat_argos_bot tizimiga yoʻllashlari, har bir davlat xizmatchisi munosib mehnat sharoitlarida ishlashi, davlat idoralarida haq-huquqlari toʻla taʼminlanishiga koʻmak berishini maʼlum qiladi.