Qarorga koʻra, 2022-yil 1-dekabrgacha e-ngo.uz elektron portalida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:

NNTlar tomonidan dasturlar ishlab chiqishda qatnashish, ularning ijrosini monitoring qilish, monitoring natijasi boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan hujjatni, qonunchilik hujjatlari loyihalariga oid takliflarni masʼul davlat organlariga kiritish;

NNTlarning dasturlar yuzasidan bergan takliflarini koʻrib chiqish natijalarini elektron portalga joylashtirish;

NNTlarning jamoatchilik nazorati yakunlari boʻyicha tayyorlagan hujjatlarini davlat organlariga yuborish va ularni koʻrib chiqish natijalarini eʼlon qilish.

2023-yil 1-yanvardan quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga majburiy joylashtiriladi:

▫️ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalari;

▫️loyihalarni amalga oshirish uchun NNTlarga davlat ijtimoiy buyurtmasini berishga oid eʼlonlar;

▫️kelgusi yil uchun jamoat fondlariga yuboriladigan buyurtmanomalar;

▫️davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablagʻlarning sarflanish holati.

Maʼlumot uchun: Mazkur elektron portal Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga onlayn xizmat koʻrsatish maqsadida ishlab chiqilgan.