Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga koʻra birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun Kompaniya muvofiq talablari asosida hamkor tijorat banklar tomonidan ajratilayotgan ipoteka kreditlari sizga yangilangan qulay shartlarda uy-joyli boʻlishingizda yordam beradi.
Kredit shartlari:
- Muddati — 20-yilgacha
- Miqdori — 800 mln. soʻmgacha Toshkent shahri kesimida, 500 mln. soʻmgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar kesimida
- Foiz stavkasi — Markaziy Bank asosiy stavkasi + 6%
Maʼlumot oʻrnida: 2024-yilda bu koʻrsatkich +8% ni tashkil qilgan edi.








