Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi

    Mamlakatimizda 3 Mart 2025 1859

    Shu yilning 3-mart kuni soat 09:00 dan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalarni qabul qilish boshlandi.

    Arizalarni Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki “my.gov.uz” portalida quyidagi havola orqali topshirish mumkin.

    Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud boʻlmasligi lozim.