Tadbirda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi B.Rustamov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining mazmun-mohiyati, shuningdek, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Xususan, viloyatda jami 58 ta davlat aktivlari boʻlgan korxona va obyektlar boʻlib, xususan, hududlarda jami 39 ta, shundan 7 tasi alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va sharob savdo korxonalari, 1 ta yogʻ-moy korxonasi, 7 ta gazeta nashriyoti, 1 ta kompyuter markazi, 23 ta boshqa soha korxonalarining davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni toʻligʻicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotilishi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Shuningdek, viloyatdagi tadbirkorlik subyektlari va aholi oʻrtasida keng targʻib qilish hamda yoritish, xususiylashtirish jarayonlari shaffofligiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan Korxonalarni sogʻlomlashtirish va xususiylashtirish klinikasi haqida ham jurnalistlarga batafsil maʼlumotlarga berildi.