O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi ISO sertifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi hamda sifat va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqladi. Bu haqida agentlik rasmiy manbasi xabar bermoqda.
Sertifikatlashtirish tekshiruvi natijalariga ko'ra, Davlat kadastrlari palatasiga ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimi va talablar” hamda ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi. Foydalanish bo'yicha talablar va ko'rsatmalar" standartlariga muvofiq xalqaro va milliy sertifikatlar taqdim etildi.
Bugungi kungacha Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatida konsalting tashkiloti hamda Markaziy apparat mutasaddilari tomonidan xalqaro standartlardan ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimi va talablar” mavzusida hamda ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi. Foydalanish bo'yicha talablar va ko'rsatmalar" mavzularida turli seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, tizim xodimlari tomonidan standard talablariga muvofiq hujjatlar ishlab chiqildi.
Davlat kadastrlari palatasida integratsiyalashgan boshqaruv tizimi joriy qilinib, sertifikatni qo'lga kiritish orqali fuqarolarga ko'rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirish, muammoli shikoyatlarni keskin kamaytirish hamda korrupsiya holatlarining oldini olishga erishish ko'zda tutilgan. Tashkilotda o'tkazilgan ichki va tashqi audit tekshiruvlaridan so'ng Davlat kadastrlari palatasi ISO sertifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi hamda sifat va korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqladi. Sertifikatlashtirish tekshiruvi natijalariga ko'ra, Davlat kadastrlari palatasiga ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimi va talablar” hamda ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi. Foydalanish bo'yicha talablar va ko'rsatmalar" standartlariga muvofiq xalqaro va milliy sertifikatlar taqdim etildi. Shu o'rinda, ushbu sertifikatlar tashkilotga yanada katta mas'uliyat yuklaydi hamda faoliyatda sifat, samaradorlik, halollik va shaffoflikga sodiqlikni ko'rsatadi. Qayd etish lozimki, endilikda Davlat kadastrlari palatasida tizim xodimlari tomonidan standard talablariga muvofiq ishlab chiqilgan hujjatlar bandlari bo'yicha faoliyat to'liq yo'lga qo'yiladi.