Ishchi guruh tomonidan o'rganishda muzeyda saqlanayotgan umumiy bahosi 2,5 mlrd. so'mlik 70 ta noyob eksponatlar (ulardan 56 tasi rangtasvir asarlari) qalbakilashtirilgani, muzeyni kapital ta'mirlash uchun byudjetdan ajratilgan 3,1 mlrd. so'm mablag'ning 1,4 mlrd. so'mi mansabdor shaxslar tomonidan talon - toroj qilingani aniqlandi. Shuningdek, muzeyda saqlanishi lozim bo'lgan 1 dona rangtasvir va 1 dona grafika asari topilmadi.
E'tiborli tomoni, 2011 yilda muzey tomonidan Farg'ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga jami 21 nomdagi ashyolar berilgan. Ulardan 14 nomdagi ashyolar 2016–2020 - yillar davomida muzeyga qaytarilgan, ammo qolgan 7 dona rangtasvir asari qaytarilmagan. Hozirgi kunda Farg'ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ushbu 7 dona rangtasvir asarlari mavjud emasligi aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda Madaniy meros agentligi.