Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga maʼsul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshiradi.

Mazkur xodimlarning malakasini oshirishga Raqamli texnologiyalar vazirligi masʼul hisoblanadi.

Malaka oshirish kursi 24 soatdan kam boʻlmasligi lozim, kursni taʼmomlagan xodimlar ikki oyda reyting baholashdan oʻtkaziladi.

Malaka oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar ularni yuborgan davlat organlarining mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

2023-yil 1-avgustdan davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish boʻyicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladi.