Fuqarolardan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish lozim bo‘ladi. Ma’lumotlar raqamlashtirilganini my.mehnat.uz yoki my.gov.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tgan holda tekshirish mumkin.
Mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolar ish joyidagi kadrlar bo‘limiga murojaat qilib, mehnat daftarchasi hamda diplom ma’lumotlarini YAMMT idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishi lozim bo‘ladi.
Mehnat faoliyatini tugatganlar esa istalgan Bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilib, mehnat daftarchasidagi ma’lumotlarni YAMMT idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish xizmatidan foydalanish huquqiga ega.
Ushbu xizmat bepul amalga oshiriladi.