- Bugungi kunning birinchi yarmida Prezident huzurida qurilish loyihalari taqdimoti o'tkazildi. Unda Toshkent shahrida 2025 yilda Yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlarini o'tkazish uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasi, Parkent tumanida turizmni rivojlantirish hamda Termiz shahridagi ziyoratgohlarni obodonlashtirish loyihalari ko'rib chiqildi.

- Kunning ikkinchi yarmida mahallalarning infratuzilmasi rivojiga ajratilgan mablag'larning sarflanishini nazorat qilish mexanizmlari hamda alohida topshiriqlar ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarlar, xususan Bosh prokuror Davlat rahbariga hisobot beradi.

- Ish haftasi davomida ma'muriy islohotlarni amalga oshirish hamda qishloq xo'jaligi strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga oid muhokamalar rejalashtirilgan.
 
- 20–21 oktyabr kunlari Prezident davlat tashrifi bilan Turkmanistonda bo'ladi.

Tashrif davomida ikki mamlakat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo'lib o'tadi, ularning yakunida salmoqli, birinchi navbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikka oid hujjatlar to'plami imzolanadi.

Shuningdek, Prezidentlar Ashxobod shahrida barpo etilgan “Toshkent” bog'inining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadilar hamda O'zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish bo'yicha qo'shma loyihani amalga oshirish ishlariga start beradilar.