Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasalari xodimlarini davlat tibbiy sugʻurtasini amalga oshirish jarayoni bilan tanishtirish maqsadida Zoom platformasi orqali yigʻilish oʻtkazildi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi mutassadilari va Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi hududiy vakillari ishtirokida tuman va shahar tibbiyot muassasalarini moliyalashtirishning yangi mexanizmlari muhokama qilindi.