Jarayon quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Tizimga kirish – Foydalanuvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (my.gov.uz) kirib, «Shaxsiy kabinet« boʻlimiga oʻtadi.
2. Xizmatni tanlash – «Xizmatlar« boʻlimidan Sogʻliqni saqlash kategoriyasini tanlaydi.
3. Tibbiyot muassasalariga biriktirish – Shu boʻlimda «Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish« xizmatini tanlaydi.
4. Maʼlumotlarni kiritish – Ochilgan sahifada quyidagi bosqichlar bajariladi:
- Hududni tanlash;
- Tuman boʻyicha tibbiyot muassasasini tanlash;
- Tibbiyot muassasasi raqamini belgilash;
- Shifokorni tanlash;
5. Tasdiqlash – Shifokorga biriktirish tugmasi bosiladi va ariza rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, fuqaro doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganda, uni yangi manzildagi davlat tibbiyot muassasasiga avtomatik ravishda hisobga qoʻyish tizimi joriy etildi. Bu esa aholiga yanada qulay va tezkor xizmat koʻrsatish imkonini yaratadi.








