O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining davlat tili bo'yicha maslahatchilarining respublika seminari bo'lib o'tyapti.

Seminar Adiblar xiyobonidagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo'yishdan boshlandi.

Shundan so'ng davlat tilida ish yuritish bo'yicha maslahatchilar malakasini oshirish hamda faoliyatini samarali yo'lga qo'yishga ko'maklashish maqsadida tashkil etilgan seminar Vazirlar Mahkamasining davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodir Jonuzoq seminarni kirish so'zi bilan ochdi. Tadbir davomida maslahatchilar tilshunos olimlar ishtirokida ma'ruzalarni tinglab, o'zbek tilini yanada rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalarni muhokama qilish barobarida o'zbek tilining imlo qoidalari, reklama to'g'risidagi, geografik ob'ektlar nomlari sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi bo'yicha muammolar va ularning echimlari ustida fikr almashishdi.

Ikki kun davom etadigan seminar doirasida an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “Qadring baland bo'lsin ona tilim” tanlovi g'oliblarini taqdirlash, “Raqamli Toshkent” geoaxborot tizimi hamda milliynom.uz platformasi taqdimotlari ham o'tkaziladi.

Munojat Mo'minova