Davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 25-30 foizga qisqaradi.

Iqtisod qilinadigan mablagʻlar ijtimoiy masalalarga yoʻnaltiriladi. Har bir vazirning siyosiy maqomi, Prezident, parlament va jamoatchilik oldidagi masʼuliyati oshiriladi.

Bunga mos ravishda javobgarligi ham kuchaytiriladi. Ularga aholi muammolarini hal qilish uchun yetarli vakolat va mablagʻ beriladi.

Vazirliklar faoliyatida ochiqlik, qonuniylik, natijadorlik va sifat asosiy mezon boʻladi», — Prezident.