Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Xususan:

Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov “Total Oil” MCHJ;

“Axborotlashtirish Bosh markazi” DUK rahbari D.Sarixodjayev “Musammo” MCHJ;

Andijon viloyati Boʻston tumani hokimi S.Nosirova “Sabina Issiq Nonlari 777” va “Koʻmir Sanoati” MCHJlar;

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi U.Fayziyev “Zarafshan Golden Group” va “Zarafshon Grand Invest” MCHJlar, “Gʻani Bobo Chorvasi” fermer xoʻjaligi;

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi A.Sayfutdinov»Sanico Group» va “Uv-Maks” MCHJlar;

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi rahbari B.Sharipov “Karomat Oyijon-Surxon” fermer xoʻjaligida taʼsischi sifatida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holatlar boʻyicha mazkur davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ularning yuqori turuvchi idoralariga Agentlik tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilib, yuqoridagi manfaatlar toʻqnashuvi holatlariga barham berilishi (mansabdor shaxslarning tadbirkorlik subyektlaridagi faoliyati tugatilishi) choralari koʻrilmoqda.