Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Davlat xizmatiga ochiq yo'l” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Otabek Xasanov, Agentlikning Kadrlar ma'muriyatchiligi departamenti mudiri Ilhom Qurbonov, tashkilot mutasaddi vakillari, “Kelajak liderlari” dasturi bitiruvchilari, ochiq tanlovlar g'oliblari, yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, jarayon "O’zbekiston24", "UzReport" telekanallari orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatildi. Qator davlat va nodavlat telekanallari, internet saytlari, gazeta va radiolarning vakillari ham ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida asosiy e'tibor Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilishning ochiq va shaffof mexanizmlarini joriy etish masalalariga qaratildi.