Xususan, joriy yilning oʻtgan 9 oyida vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida 27 ming 638 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Shundan 27 ming 50 tasida muddat buzilgan boʻlsa, 268 ta holatda murojaatlar asossiz rad etilgan. Shuningdek, 19 ta holatda ortiqcha hujjatlar talab etilgan, 199 holatda esa toʻgʻridan-toʻgʻri xizmat koʻrsatilgan.
Qonunbuzilish holatlari tashkilotlar kesimida tahlil qilinganda, gaz taʼminoti hududiy filiali tomonidan 4 ming 416 ta, hokimliklar tomonidan 5 ming 930 ta, yer resurslari va kadastr xizmati tomonidan 1 ming 481 ta qonun buzilishi holati aniqlangan. Shuningdek, 461 ta holatda elektr taʼminoti korxonasi, 1 ming 476 ta holatda qurilish boʻlimi, 584 tasida soliq organlari tizimida, 949 tasida sogʻliqni saqlash muassasalari, 173 tasida boshqa xizmat koʻrsatuvchi idoralar tomonidan qonunbuzilish holatlari qayd etilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan vakolatli idoralarga 187 ta ogohnoma, 40 ta taqdimnoma va 10 ta jinoiy taklif kiritildi. Shuningdek, 211 nafar qonunni buzgan xodimlarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirildi. Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida 135 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 12 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 211 nafar shaxsga nisbatan esa maʼmuriy jazo choralari qoʻllanildi.
Qahramon HAFIZOV,
DXA Toshkent viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi