Davlat xizmatlari markazlari dam olish kunlari ham ishlaydi

    Mamlakatimizda 27 Iyun 2023 5078

    29-30-iyun hamda 1-iyul kunlari Davlat xizmatlari markazlari aholiga xizmat koʻrsatadi

    Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan joriy yilning 28-iyun – 2-iyul kunlari dam olish kuni etib belgilangan.

    Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga qulaylik yaratish maqsadida Davlat xizmatlari markazlari dam olish kunlari ham xalqimiz xizmatida boʻlishi maʼlum qilindi.

    Xususan, 29-iyun – 1-iyul, yaʼni payshanba – shanba kunlari Respublikamizning barcha tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari soat 09:00 dan 15:00 ga qadar navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi.