Ohangaron shahri vodiy viloyatlarini bog'lovchi chorrahada joylashgan. Tunu kun tinim bo'lmaydigan avtomobil yo'lidan minglab ulovlar o'z manzili tomon shoshiladi.
Endi siz o'z avtoulovingiz bilan Ohangaron shahar dehqon bozori oldida, katta yo'l yoqasida joylashgan maxsus manzilga yaqinlashib, yo'l-yo'lakay kerakli davlat xizmatdan foydalanishingiz mumkin. Davlat xizmatlari binosiga kirish va navbat olish shart emas.
“Yo'l-yo'lakay”da sizga 160 ga yaqin davlat xizmati tez, oson va navbatsiz ko'rsatiladi. Jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar ham binoga kirmasdan va ulovdan tushmagan holda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.
“Yo'l-yo'lakay” xizmatidan haftaning dushanba va seshanba kunlari foydalanishingiz mumkin.
DXA Toshkent viloyati boshqarmasi
matbuot xizmati