Davlatimiz rahbari fursatdan foydalanib, butun xalqimizni shu kun – adabiyot va ilm-maʼrifat bayrami bilan chin dildan tabrikladi.
Bobur va uning ajdodlari xotirasiga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatish maqsadida Andijon shahrida Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi hududida juda keng koʻlamli qurilish ishlari rejalashtirilgani maʼlum qilindi.
Boʻlajak majmua har jihatdan muhtasham, betakror mazmun va shaklga ega boʻlishi, Bobur va boburiylar sulolasining olamshumul shon-shuhratiga toʻla munosib boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.