Ushbu suhbatning toʻliq matni Latviyadagi ommabop “Freecity” (Ochiq shahar) axborot portali sahifasida eʼlon qilingani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Shu tariqa Latviya jamoatchiligi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning tub mohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldi.
“Dunyo” AAning xabar berishicha, “Freecity” (Ochiq shahar)» – dunyoning 63 mamlakatida rus tilida nashr etiladigan bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini birlashtiruvchi Butunjahon rus matbuoti uyushmasining aʼzosi hisoblanadi.
Latviyada bosiladigan mazkur jurnal dunyodagi eng nufuzli nashrlarning Project Syndicate xalqaro klubi tarkibiga kirgan. Unda iqtisodiyot, siyosat va ilm-fan sohalarida yetakchi mamlakatlarning ilgʻor tajribalari haqida maqolalar muntazam chop etiladi.