Ma'lumki, joriy yilning oxirdi Qatarda futbol bo'yicha navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tadi. 2026 yilgi dunyo birinchiligiga esa uch davlat – AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.  

Bundan sal oldinroq Ispaniya va Portugaliya 2030 yilgi jahon chempionatini birgalikda o'tkazish uchun ariza bermoqchi ekanligi to'g'risida xabar bergan edik.

Kuni kecha Urugvay futbol assotsiatsiyasi  Urugvay, Argentina, Chili va Paragvay mamlakatlari JCh-2030ni o'tkazish uchun qo'shma ariza berishini ma'lum qildi. 2 avgust kuni Janubiy Amerika davlatlarining arizasi FIFAga rasman taqdim etiladi.

1930 yilda Urugvay tarixdagi birinchi jahon chempionatiga mezbonlik qilgan, 1962 yili Chilida, 1978 yili Argentinada jahon chempionati bo'lib o'tgan. Paragvayda esa hali mundial o'yinlari o'tkazilmagan.