Loyihaga ko‘ra, 310 km. ichki suv tarmoqlari, 2 ta 500 m. kublik suv saqlash hovuzi, 16 ta suv taqsimlash inshooti qurish belgilangan. Natijada Dehqonobod tumanining 78 foizi yoki 116 ta qishloqdagi 112,8 mingdan ortiq aholi ilk bor ichimlik suvi bilan taʼminlanishi ko‘zda tutilgan.
Qurilish ishlari 2018-yilda boshlangan. 2020-yilda jami 37 km. quvurlar montaj, 9,6 km. quvurlar payvand qilingan. Bugungi kunda 12 ta uchastkada qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.