“Oila muqaddas. Buni anglab yetgan inson, oilasining tinchligi va farovonligi uchun yelib-yuguradi. Ayolining qadriga yetib, uni baxtli qilishga urinadi. Hayotiy tajribamdan kelib chiqib, Siz yoshlarga shuni aytmoqchimanki, oila mustahkamligi, er-xotinning bir-biriga boʻlgan mehrining ortishi uchun har ikkalasining ham ishtiroki, bir-biriga boʻlgan hurmati katta ahamiyat kasb etadi”, — dedi tuman hokimi endigina turmush qurish ishtiyoqidagi yoshlar bilan suhbatda. 

Hokimning maʼlumot berishicha, tumanda 2020-yilda oilaviy ajrimlar soni ortib, 66 taga yetgan. 

Hokimning xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Mehri Yoʻldoshevaning aytishicha, mazkur markaz viloyat hokimining “Oila institutini yana-da rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.