Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra respublikaning demografik ko‘rsatkichlari:
Aholi soni – 34,4 million kishini tashkil etadi. Shundan:
Ayollar soni – 17,1 million kishi;
Erkaklar soni – 17,3 million kishi;
Shaharda yashovchi – 17,4 million kishi;
Qishloqda yashovchi – 17,0 million kishi;
Ko‘chib kelgan – 137,3 ming kishi;
Ko‘chib ketgan – 139,7 ming kishi;
Nikohlar soni – 184,0 mingta;
Ajrashishlar soni – 20,0 mingta.