Surxondaryo viloyati IIB Аxborot xizmatining maʼlum qilishicha, Surxondaryo viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Denov tumani IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʼlimi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Denov shahar boʼlimi xodimlari tomonidan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor-tadbirlar davomida, Denov shahrida yashovchi, E.Sulton (ism sharif oʼzgartirilgan) yashash xonadonida 2021 yilning yanvarь oyidan boshlab “hujra” sharoitida, diniy adabiyotlardan foydalangan holda viloyatning turli tumanlarida istiqomat qiluvchi maktab yoshidagi voyaga yetmagan bolalarga yashash xonadonida noqonuniy diniy taʼlim berib, kelayotganligi aniqlanib, ushbu adabiyotlar xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan E.Sultonga nisbatan toʼplangan hujjatlar Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 241-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 2022 yil 10 yanvarь kuni Jinoyat ishlari boʼyicha Denov tuman sudi tomonidan E.Sultonning oilaviy sharoitini hisobga olib, eng kam oylik ish haqqining 10 (oʼn) barobari, yaʼni 2.700.000 (ikki million yetti yuz ming) soʼm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.