Qarorga koʻra, respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash, Denov va Urganch dzyudo sport maktablarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Dzyudo maktablari oʻquvchilarining umumiy kontingenti oʻquvchilarning vazn toifalari va sinflarini hisobga olgan holda 210 nafardan koʻp boʻlmagan oʻquvchidan iborat etib shakllantiriladi.

Dzyudo maktablariga sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi.

2022/2023 oʻquv yiliga qadar Dzyudo maktablarida boshqa sport turlari boʻyicha tahsil olayotgan oʻquvchilar ushbu maktablarni toʻliq tamomlagunga qadar oʻqitilishi taʼminlanadi.

Dzyudo maktablari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlaridan taʼlim olishi mazkur Dzyudo maktablarida tashkil etiladi.