Holat yuzasidan Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati boshqarmasi rasmiy munosabat bildirib, amalga oshirilgan ijro harakatlari sud hujjati asosida olib borilganini ma’lum qildi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur masala Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan shaxsan nazoratga olinib, fuqaro bilan suhbat o‘tkazilgan.
O‘rganishlar davomida buzilgan turar joy fuqaroning kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan qonuniy yer maydoniga tutash, fermer xo‘jaligining dala maydoni hududida qurilgani aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, fuqaroning uy-joy masalasi e’tibordan chetda qolmasligi, uning manfaatlari ta’minlanishi maqsadida yangi turar joy qurib beriladi.
Mazkur masala fuqaroning manfaatlarini ta’minlash, uy-joy bilan bog‘liq muammosini hal etish va qonunchilik talablariga rioya qilish nuqtai nazaridan nazoratda qoladi.