Nomzod Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturini taqdim etdi.
Deputatlar va fraksiyalar rahbarlari soʻzga chiqib, nomzod va dastur yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdilar.
Nomzod va Hukumatning dasturi koʻrib chiqilgach, Bosh vazir lavozimiga nomzodni maʼqullash masalasi ovoz berishga qoʻyildi.
Yashirin ovoz berish yoʻli bilan deputatlar Abdulla Aripovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga maʼqulladilar.