Kuni kecha Fransiya milliy jamoasi JCH-2022 yarim finalida Marokashni 2:0 hisobida magʻlub etib, ketma-ket ikki marta chempionat finaliga yoʻl oldi. Bunda jamoa bosh murabbiyi Didye Deshamning xizmatlari katta, albatta.
U bu koʻrsatkich bilan qatorasiga ikki mundialda finalga chiqqan toʻrtinchi murabbiyga aylandi. Desham 2018-yili Rossiyada oʻtgan jahon chempionatida jamoasi bilan chempion boʻlgan edi.
Bungacha italiyalik murabbiy Vitorio Posso (1934 va 1938-yillar), argentinalik murabbiy Karlos Bilardo (1986 va 1990-yillar) va germaniyalik murabbiy Frans Bekkenbauer (1986 va 1990-yillar) jamoasini ketma-ket ikki bor JCH finaliga olib chiqqan.
Lekin ulardan faqat Posso ikkala mundialda ham gʻalaba qozongan. Agar Fransiya 18-dekabr kuni Argentinani magʻlub eta olsa, Desham italiyalik mutaxassisning natijasini takrorlaydi.