Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut start-2021” kinofestivalida gʻolib boʻlgan ssenariy loyihalari asosida “Devor" qisqa metrajli filmi suratga olinmoqda.
Kinokartinada Jasur ismli futbolchi bolaning hayoti va mashgʻulotlardagi qiyinchiliklari yoritilgan.
Ssenariy muallifi Sardor Mahmudov, rejissyorlar Nurillo Abduqunduzov, Sardor Mahmudov, operator Jahongir Abdurahmonov, rassom Umarxoʻja Tillaxoʻjayev, grimyor Dilshoda Doniyorova.
Rollarda Lazizbek Rustamov, Oybek Veysal oʻgʻli, Gʻolib Habibullayev, Abbosshoh Rasulov.
Hozirda filmning suratga olish ishlari yakunlanmoqda. Tez orada yosh rejissyorlarning barcha filmlari premyera qilinadi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati











