Qandli diabet uchun eng mos jismoniy faoliyat turlari haftasiga kamida 3-marta 30—40 daqiqa davomida piyoda yurish, suzish va velosipedda yurishdir.

Qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlarda oyoqlarning sezgirligi pasayganligi sababli, ular uchun yugurish va sakrash mumkin emas. Jismoniy yuklamadan oldin glikemiya darajasini aniqlash kerak.

Qonda glyukoza miqdori 5 mmol/l dan kam emas va 15 mmol/l dan yuqori boʻlmaganda mashqlarni boshlashingiz mumkin.