Shifokorning aytishicha, qaynatilgan jo'xori ko'plab miqdordagi vitaminlar, minerallar va antioksidantlar manbai. Bundan tashqari, uning tarkibida kletchatkalar ham bor.
Shunga qaramay, diyetolog uni har kuni iste'mol qilmaslikni maslahat berdi.
“Hamma donli ekinlarda bo'lgani kabi jo'xori ham yuqori kaloriyaga ega mahsulot. U har kuni iste'mol qilinadigan mahsulot emas. Biroq mavsum paytida haftada bir necha bor iste'mol qilish mumkin”, deydi shifokor.
Shifokorning aytishicha, me'yordan ortiq jo'xori iste'mol qilish oshqozonga og'irlik qiladi, hazmni qiyinlashtiradi, gaz hosil bo'lishini kuchaytiradi. Uni muntazam ravishda me'yordan ortiq iste'mol qilish esa ortiqcha vazn yuzaga kelishiga sabab bo'ladi, deyiladi iz.ru saytida.