Hatto kam miqdorda smetana ham qorinni to'q tutadi. Uning tarkibida foydali laktobakteriyalar mavjud bo'lgani uchun ichaklar faoliyatini yaxshilaydi hamda inson immun tizimini mustahkamlaydi.
“Ko'plab tadqiqotlar shuni ko'rsatyaptiki, smetana tarkibida ko'p miqdorda bo'lgan sut yog'i yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining oldini olishda qo'l keladi”, deydi diyetolog.
Organizmida laktozalarni o'zlashtirish bilan bog'liq muammolari bor odamlar bunday sut mahsulotlarni iste'mol qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari lozim. Chunki bunday mahsulotlarni me'yordan ortiq iste'mol qilish ovqat hazam qilishning buzilishi bilan bog'liq salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin, deyiladi mail.ru saytida.