Dilshodbek Umirov (Ditto): sport, san'at va biznes asosiy motivatsiyam

    Keyingi avlod 20 Mart 2024 412

    Dilshodbek Umirov 1984 yil 6 avgust` kuni Toshkent viloyatining Bo'ka tumanida ziyolilar oilaida dunyoga kelgan. Dadasi Akbutaev Ravshanbek Umirovich tumanda rahbari lavozimlarida ishlagan. Onasi Xojieva SHaxloxon bir mudat bolalar tarbiyachisi va o'qituvchi bo'lib ishlagan.

    Ditto – Dilshodbek Umirov Toshkent shahridagi Iqtisodiyot litseyini hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

    Dilshodbek Umirov taniqli xonanda SHoxrux reperning tog'asi bo'ladi. SHoxrux reperning ammasm Dittoni onasi bo'ladi. Ditto SHoxruxning “Balandda”, “Hayolimdasan” kliplarida suratga tushgan. Dilshodbek Umirov Toshkentga o'qishga kelgan vaqtda uning shaharda shaxsiy uyi bo'lmagani uchun jiyani SHoxrux reperning uyida yashagan.

    Dilshodbek Umirov Dubayga ketishidan avval biznesga ham qiziqib qolib, ma'lum vaqt Toshkentdagi “Parkent” bozorida tijorat bilan shug'ullangan. Uning sportga qiziqib qolishining asosiy sababchisi do'sti, yakkakurash sport turining aralash turi bo'yicha Jahon chempioni Murod Xonto'raev bo'lib, u Dilshodbekka sportda ma'lum bir natijaga erishish uchun muntazam ravishda shug'ullanish kerakligini aytib, uni doim mashg'ulotlarga chaqirgan. SHundan keyin Dilshodbek muntazam sport bilan shug'ullanish odatga aylangan.

    Dilshodbek Umirov har tong uyg'onib, mashq qilishni o'zining turmush tarziga aylantirgan. Ditto ya'ni Dilshodbek Umirov dastlab Dubayga 100 dollar pul bilan kelgan. Hayotida shunday kunlar ham bo'lgan-ki, Dubayda avtomobil` ichida va masjidda tunab qolishiga to'g'ri kelgan. Ammo, u tushkunlikka tushmay, o'z maqsadlari sari olg'a intilib harakat qilgan.

    Ditto o'zi sportchi bo'lganligi uchun ham doimiy ravishda yosh sportchilarni katta arenalarga chiqishlariga yordam bergan va hozirda ham qo'llab-quvvatlab kelmoqda. U musiqa olamiga ham munosib qadam qo'yib ulgurgan. “5 Element”, “Sensiz”, “Har soniya”, “Ishq” qo'shiqlari tinglovchilar e'tiboriga havola etgan.

    Dilshodbek Umirov 2014 yildan Dubayda istiqomat qiladi.

    Dilshodbek Umirovning Ditto taxallusini tanlashi, bolaligi bilan bog'liq bo'lib, tengdoshlari uning Dilshod ismini qisqartirib, Ditto deb chaqirishgan. SHu tarzda uning ismi hamma uchun Ditto bo'lib ketgan.

    Dittoning sportdagi faoliyati davomidagi eng qiyin jangi Qozog'istondagi jang bo'lib, unda Pavlodarlik raqib ustidan juda qiyinchilik bilan g'alaba qozongan. Jang shu darajada o'tgan-ki, Ditto g'olib sifatida e'lon qilinib, bir qo'li ko'tarilgan vaqtda hushidan ketib qolgan.

    Ditto oxirgi marta 15 yil avval, 2007 yilda oktagonda ko'tarilgan bo'lib, keyin Dubaydagi biznes ishlari tufayli ma'lum bir vaqt sportda tanaffus qilishiga to'g'ri kelgan. Ayni vaqtda Ditto yana sportga qaytish ishlarini boshlab yuborgan.

    Ditto 2023 -yilda Massa bilan aytilgan duveti - "Welcome To Dubai" qo'shig'i uchun videoni 30 soat ichida 1 000 000 kishi ko'rdi.