Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazib, videomurojaat muallifi 1990-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan fuqaro N.X. ekanini aniqladi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita ushbu videorolik ekstremizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilganligi, diniy adovat keltirib chiqarishga xizmat qilishi xususida xulosa berdi. Shuningdek bu turdagi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanadi.

"Holat yuzasidan fuqaro N.X.ga nisbatan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi uchinchi qismi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish, ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda", deyiladi IIBB xabarida.