Nomlari yuqorida qayd etilgan tashkilotlar xodimlari tomonidan uzoq muddatga ketib, terrorchilik tashkiloti ta’siriga tushgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan tezkor-surishtiruvlar davomida, joriy yil 18-fevralda «Novosibirsk-Toshkent» yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan, Qashqadaryo viloyati, Dexqonobod tumanida ro‘yxatda turuvchi 25 yashar fuqaro bilan olib borilgan tezkor profilaktik suhbat davomida u Rossiya Federatsiyasida ishlashi davomida «Xizbut-tahrir» terrorchilik tashkilotining ta'siriga tushganligi ma’lum bo‘ldi.

Unga tegishli bo‘lgan «Vertex» hamda «Redmi» rusumli uyali telefon apparatlari tekshirilganida, xotirasida diniy mazmundagi ta’qiqlangan materiallarni saqlashi va o‘ziga yaqin bo‘lgan tanishlariga tarqatganligi aniqlandi. Tekshirib ko‘rishlik maqsadida unga tegishli bo‘lgan uyali telefon apparatlari xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.

Mazkur holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi DXX Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar beradi IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi matbuot xizmati.