Jumladan:
- -52 kg vazn toifasida dzyudo sporti boʻyicha ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi tarixida ilk oltin medal sohibasi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchisi leytenant Diyora Keldiyorovaga muddatidan oldin navbatdagi “katta leytenant” harbiy unvoni topshirildi. Shuningdek, u “Toʻmaris” koʻkrak nishoni bilan ham taqdirlandi.
- -68 kg vazn toifasida taekvondo sporti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tarixida ilk ikki karra Olimpiada oltin medal sohibi, Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchisi kichik serjant Ulugʻbek Rashitov boshlangʻich ofitserlik “leytenant” harbiy unvoni bilan taqdirlandi.
- Taekvondo sporti boʻyicha ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi ilk kumush medal sohibasi, Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport boʻlimi sportchisi kichik serjant Svetlana Osipovaga ham boshlangʻich ofitserlik “leytenant” harbiy unvoni topshirildi. Bundan tashqari, u “Toʻmaris” koʻkrak nishoni bilan ham taqdirlandi.
- Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishdagi faolligi hamda xamkorligi uchun Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi oʻqituvchi treneri – Qurolli Kuchlar xizmatchisi Xan Pavel Afanasevich ikki xonali uy bilan;
- -57 kg vazn toifasida boks sporti boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda matonat va jasorat koʻrsatganligi uchun Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport boʻlimi sportchisi – oddiy askar Turdibekova Citora Shavkat qizi “Toʻmaris” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Boks federatsiyasi bosh murabbiyi Toʻlqin Qilichev, boks boʻyicha ayollar Bosh murabbiyi Elshod Rasulov, Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi oʻqituvchisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Akmal Xasanov mudofaa vazirining “Malakali ustoz” koʻkrak nishoniga munosib koʻrildi.