Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Aniqlanishicha, Oʻzenergoinspeksiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan Taxiatosh neft bazasi MCHJda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 861 ming 649 litr (8 milliard 203 million soʻmlik) dizel yonilgʻisida kamomad mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.