Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.n.” MCHJ “Boldir” filiali rahbari Sh.H. 2022-yilning aprel-avgust oylarida “I.A.” MCHJga umumiy bahosi 770,5 mln soʻmlik 66,5 ming litr dizel yoqilgʻisini yetkazib berilganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, oʻziga ishonib topshirilgan juda koʻp miqdordagi mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.