Dominikanning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    Dominikan Respublikasining Oʻzbekistondagi Elchisi sifatida oʻz diplomatik missiyasini boshlagan Alexandro Arias Sarsuela ishonch yorliqlarini topshirdi.

    Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida xabar qildi.

    «Biz uzoq masofaga qaramay, mamlakatlarimiz oʻrtasida barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash yoʻllarini muhokama qildik.
    Oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud boʻlib, Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz«, — deydi vazir.