"Agar siz buni amalga oshirganingizda nima ro'y berardi? Agar munosabatlarni to'liq uzganingizda 500 milliard dollar iqtisod qilgan bo'lar edingiz", - deb qo'shimcha qilgan prezident.

Tramp bu so'zlarni Xitoyning koronavirus bilan bog'liq bo'lgan va Vashington nazarida noto'g'ri hisoblangan harakatlariga javoban AQSH tomonidan qo'llanilishi mumkin bo'lgan choralar haqida gapirayotib aytgan. 

Xususan, boshlovchi Trampdan AQSH xitoylik talabalarga viza berish amaliyotini bekor qilishi mumkinligi borasida fikr so'ragan. Bu haqda sal oldin amerikalik senatorlardan biri taklif kiritgan edi.

Tramp shuningdek, uning XXR etakchisi Si TSzin`pin bilan aloqalari yaxshiligini va hozircha unga qo'ng'iroq qilishni istamayotganini aytgan.