U Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida 22-dekabr, dushanba kuni Pentagon kotibi Pit Xegset, Davlat kotibi Marko Rubio va AQSh harbiy-dengiz kuchlari kotibi Jon Felan ishtirok etgan matbuot anjumanida ta'kidlagandek, suv sig'imi 30 mingdan 40 ming tonnagacha bo'lgan ushbu kemalar ilg'or qurollar bilan jihozlanadi, jumladan, ular gipertovushli raketalar, elektr rel`sli to'plar, kuchli lazer tizimlari va yadroviy kallakli qanotli raketalar bilan ta'minlanadi.

Yangi kemalar “yaratilgan boshqa harbiy kemalardan yuz barobar kuchliroq” bo'ladi va “Amerika dengiz flotining flagmanlariga” aylanadi, dedi AQSh Prezidenti.

“Tramp” sinfidagi harbiy kemalar hozirda AQSh harbiy-dengiz kuchlarida xizmat qilayotgan esminets va kreyserlardan sezilarli darajada katta bo'ladi, lekin 1990-yillargacha xizmat qilgan “Ayova” toifasidagi jangovar kemalardan kichikroq bo'ladi, deb xabar berdi AFP axborot agentligi.

Donald Trampning so'zlariga ko'ra, yangi toifadagi dastlabki ikkita harbiy kemani qurish taxminan 2,5 yil davom etadi, AQSh dengiz flotidagi kemalar soni oxir-oqibat 10 taga, keyin esa 20-25 tagacha ko'paytiriladi, deb xabar berdi dw.com.