Trampning aytishicha, yaqin 2–3 hafta ichida Eronga kuchli zarbalar berilishi mumkin.

“Biz ularni oʻz oʻrni boʻlgan tosh davriga qaytarib qoʻyamiz”, — dedi u.

Prezident AQSH harbiy operatsiyasini muvaffaqiyatli va yakuniga yaqin deb baholadi. Uning taʼkidlashicha, hozirgi bosqichda diplomatiya emas, balki harbiy choralar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, Tramp Eron Yaqin Sharq uchun endilikda jiddiy xavf tugʻdirmasligini aytdi. U AQSH iqtisodiyoti yoqilgʻi narxlarining qisqa muddatli oʻsishiga tayyor ekanini ham qayd etdi.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, Eron oʻz harbiy salohiyatini oshirishga uringan, biroq AQSH bu imkoniyatlarni cheklagan.

Hoʻrmuz boʻgʻozi masalasiga toʻxtalar ekan, Tramp uning taqdiri urush yakunlanganidan soʻng hal etilishini bildirdi. U neft import qiluvchi davlatlarni ushbu yoʻlak xavfsizligini mustaqil taʼminlashga chaqirdi.

“Bu yoʻlakdan foydalanadigan davlatlar uni himoya qilishi kerak”, — dedi u.

Shu bilan birga, Tramp AQSH Yaqin Sharq neftiga muhtoj emasligini taʼkidladi.

Maʼlum qilinishicha, 2-aprel kuniga oʻtar kechasi Oq uyda boʻlib oʻtgan ushbu murojaat 20 daqiqa davom etgan. Uni Associated Press jonli efirda namoyish etgan, biroq jurnalistlar ishtirok etmagan.