Bu prognoz Fox News tomonidan amalga oshirildi.
Uning hisob-kitoblariga ko'ra, sobiq davlat rahbari 196, uning raqibi demokrat Kamala Harris esa 112 saylovchilar ovoziga ega.
Telekanal prognozlariga ko'ra, Tramp Texas (40), Florida (30), Ogayo (17), Tennesi (11), Indiana (11), Missuri (10), Alabama (9), Janubiy Karolina (9), Kentukki (8), Luiziana (8), Oklaxoma (7), Missisipi (6), Arkanzas (6), Kanzas (6), Nebraska (5), G'arbiy Virjiniya (4), SHimoliy Dakota (3), Janubiy Dakota (3) va Vayoming (3) shtatlarida g'alaba qozondi.
Harris Nyu-York (28), Illinoys (19), Nyu-Jersi (14), Massachusets (11), Merilend (10), Kolorado (10), Konnektikut (7), Delaver (3), Rod-Aylend (4), Vermont (3) va Kolumbiya (3) poytaxt okrugida g'alaba qozondi.
Prezidentlik saylovlarida hali g'olib aniqlanmadi, ayrim hududlardagi saylov uchastkalari hali yopilgani yo'q, deb xabar beradi tass.ru.