“Donald Tramp o'zining ommaviy deportatsiya siyosatining bir qismi sifatida “milliy favqulodda vaziyat” rejasiga chaqiriqlarni qo'llab-quvvatladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, u buni mamlakatga noqonuniy yo'llar bilan kirgan xorijlik jinoyatchilarni deportatsiya qilish uchun harbiy resurslardan foydalanishni ta'minlash maqsadida ko'rib chiqmoqda.
Tramp avvalroq Meksika AQShga muhojirlar oqimi va giyohvand moddalar savdosini cheklamasa, noqonuniy muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilish va mazkur mamlakatdan AQShga eksport qilinadigan mahsulotlarga 25 foizdan 100 foizgacha bojlar joriy qilish bilan tahdid qilgan edi, deb xabar beradi ria.ru.