Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Doniyor Gʻaniyev faoliyatini yakunlab, Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

— Saylovchilar bildirgan ishonchni oqlash, ularning dardu tashvishlarini, muammo va xohishlarini parlament minbariga olib chiqish, qabul qilingan qonunlarni adolatli va insonparvar boʻlishiga hissa qoʻshish, murojaat qilgan fuqarolarga yordam bera olish imkoniyati men uchun deputatlikning eng katta sharafi boʻldi. Bunday imkoniyat va baxt menga nasib qilganidan har doim faxrlanaman, deb yozadi Doniyor Gʻaniyev.

Maʼlumot uchun, Doniyor Gʻaniyev 1988-yil Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 2012-yilda Buyuk Britaniyadagi Oksford Bruks universitetini tamomlagan.