Bundan ko'zlangan asosiy maqsad iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va farmatsevtika sohasida qonunchilik me'yorlarining iste'molchi foydasiga ishlashini interaktiv usullarda nazorat qilishdan iborat.
Yаngi tartibga ko'ra, 2023 yil 1 maydan iste'molchilar tomonidan dorixonalarda sotib olingan dori vositalari va tibbiy buyum xarid cheklarning QR-kodi "Soliq" mobil ilovasida ro'yxatdan o'tkazilganda belgilangan ustamalardan ortiqcha mablag' olinganligi aniqlansa, avtomatik ravishda Raqobat qo'mitasiga xabar yuborilib, ortiqcha olingan mablag'ni iste'molchiga qaytarish tizimi ishga tushirilmoqda.