Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Doʻstlik chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro Q.Gʻ belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Natijada, uning qoʻl yuklari orasida sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 11,2 million soʻmlik 450 dona “Mesoprit KiT” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.